"Fiorentina" Xavi Martinesga qiziqib qoldi

16 avg 2020, 23:23
"Bavariya" yarim himoyachisi Xavi Martines faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

31 yoshli o'yinchining xizmatlariga "Fiorentina" rahbariyati qiziqib qoldi, deya xabar beryapti jurnalist Janluka Di Marcio. "Binafsharanglilar" Franka Riberining Martines borasidagi fikrlari bilan ham qiziqishgan.

Avvalroq markaziy himoyada ham o'ynay oladigan Xavi Martinesga Fransiyaning "Renn" klubi davogarlik qilishi aytilgandi.


Manba: La Gazzetta dello Sport