Fati qoladimi? "Barselona" "Monako"ning taklifini rad etdi

Sherzod Nurmatov
13 iyun 2025, 14:09
"Barselona" "Monako"ning Ansu Fati bo'yicha ilk taklifiga rad javobini berdi.

Kataloniya klubi rahbariyati futbolchiga bo'lgan huquqlarning ma'lum foizini saqlab qolgan holda futbolchini sotmoqchi bo'lgan, biroq "Monako" uning maoshini to'liq qoplamay, faqat ijara shartnomasini taklif qilgan. Shartnoma uzaytirilgandan keyin Fatining maoshi yiliga 13 950 000 evroni tashkil qiladi.

"Barselona" Fransiya klubi taklifini rad etdi, chunki u maosh to'lagan holda o'yinchilarni ijaraga berishni istamaydi.

"Barselona" boshqa futbolchi bilan shartnomani bekor qilishni rejalashtirmoqda – darvozabon Mark-Andre ter Shtegen amaldagi kelishuvga qaramay, 2028 yilning yoziga qadar jamoani tark etishi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Blaugranes