Farg'onada O'FA vakillari ishtirokida festival tashkil etildi

Narzulla Saydullayev
12 dek 2019, 11:35
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini taminlash maqsadida Farg'ona olimpiya zahiralari sport kolleji binosida futbolchi-yoshlar festivali tashkil etildi.

Mamlakatimiz yoshlari o'rtasida sport va salomatlikni targ'ib etish, bolalar futbolini yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan mazkur festivalda viloyatning tuman va shahar futbol maktablaridan 100 dan ortiq futbolchi-yoshlar ishtirok etishdi.

Festivalda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari Mamur Saidqosimov, Baxtiyor Shirinovlar tomonidan yosh sportchilarga futbol to'plari, shuningdek sport anjomlari taqdim etildi.





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia