Everton Lasina Traoreni mavsum oxirigacha ijaraga oldi

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2014
Monako hujumchisi Lasina Traore Evertonga yarim yilga ijaraga berildi.
Ushbu transfer Radamel Falkaoning jarohati bois sodir bo'lmasligi mumkin edi, biroq tomonlar baribir 23 yoshli ivuarlik hujumchi borasida kelishuvga erishishdi.

Traore Angliyada ishlashga ruxsat oldi. Yaqin orada u Everton safiga qo'shiladi.

Eslatib o'tamiz, Traore qishda Anjidan Monakoga 10 million evro evaziga o'tgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru