"Everton" Jek Grilish bo'yicha qaror qabul qildi

Alisher Ostonov
13 sen 2025
"Everton" mavsum oxirida "Manchester Siti"dan hujumkor yarim himoyachi Jek Grilishni sotib olmoqchi.

Qayd etilishicha, mersisaydliklar "shaharliklar" bilan "foydali shartlarda" kelishib olishni rejalashtirmoqda. Klublar o'rtasidagi kelishuvda 50 million funt miqdorida sotib olish imkoniyati mavjud.

Jek Grilish joriy mavsumda "Everton" safida 4 ta o'yin o'tkazib, ularda to'rtta assist amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Daily Telegraph