Eldor Shomurodov rostdan ham jarohat oldimi?

Aslanov Jasurbek
4 fev 2026
Turkiya Kubogining 3-bosqichi doirasidagi "Karagyumruk" hamda "Bashakshehir" jamoalari o'rtasidagi bahs 1:4 hisobida yakun topdi.

Ushbu o'yinda O'zbekiston terma jamoasi yetakchilari Eldor Shomurodov hamda Abbos Fayzullaevlar o'z hisobiga gol yozdirib qo'yishdi. Biroq 26-daqiqada Shomurodov almashtirildi.

Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, Eldor Shomurodov bahs paytida og'riq his qilgan va murabbiylar bilan kelishilgan xolda zaxiraga olingan. Ayni damda u o'zini yaxshi his qilmoqda va keyingi bahslarda ishtirok etish ehtimoli katta.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia