

Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi - Sadriddin Hasanov

"Bunyodkor" va O'zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisi Sadriddin Hasanov uchun 2025 yil yutuqlarga boy bo'ldi deya olamiz. Hasanov Saudiya Arabistonidagi U-17 Osiyo Kubogida yorqin o'yinlar ko'rsatdi. Bir qator gollarga mualliflik qildi. Qatardagi U-17 Jahon chempionatida ishtirok etdi.
Yilning eng yaxshi murabbiyi - Timur Kapadze

2025 yilda O'zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bir necha yil oldin boshlangan yo'lga "oq bo'rilar" Kapadze boshchiligida yakun yasadi. Tajribali mutaxassis 2022 va 2024 yilda ham ushbu nominaciyada g'olib chiqqan edi.
Yilning eng yaxshi futbolchisi - Eldor Shomurodov

"Istanbul Bashakshehir" va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi ovoz berish natijalariga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shomurodov 2019 va 2021 yilda ham mazkur sovrinni o'ziniki qilgan edi.
Barcha taqdirlanganlar bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.



