"Navbahor" qozoq jamoasi bilan durang o'ynadi

Sherzod Nurmatov
16 fev 2026, 15:28
Timur Kapadze qo'l ostidagi "Navbahor" Antaliya yig'inida navbatdagi uchrashuvini o'tkazdi.

Unda namanganliklar "Altay" bilan murosa ko'chasini tanladi - 1:1. "Navbahor"ning golini yarim himoyachi Diyor Xolmatov urdi.

"Navbahor" – "Altay" (Qozog'iston) 1:1 

Gol: Diyor Xolmatov 25'

"Navbahor": Valijon Rahimov, Islom Mamatkazin, Dilshod Komilov, Isoxon Musoxonov, Muhammadbobur Mo'ydinov, Benjamin Teydi, Shohmalik Komilov, Diyor Xolmatov, Muhammadali Usmonov, Bekzod G'ofurjonov, Zabihillo O'rinboev. 

 Zaxira: Shukron Yo'ldoshev, Muhammadali G'iyosov, Zafar Rahimjonov, Habibullo Japaraliev va Katulondi Kati.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia