Nazorat uchrashuvi. "Qizilqum" Antaliyada Qozog'iston jamoasini mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2026
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi Turkiyadagi yig'in doirasida Qozog'istonning "Altay" klubiga qarshi maydonga tushdi va ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

"Qizilqum" - "Altay" 2:0

Gollar: Samandar Shukrullaev 35', Shahzod Rahmatullaev 45+2' (pen.).

"Qizilqum" asosiy tarkibi: Rahmatov, Rahmatullaev, Jigauri, G'ofurov, Shukurov, Rizaqulov, Rahmatilloev, Chabradze, Kumburovich, Shebetun, Shukrullaev.


Eslatib o'tamiz, Superliga yangi mavsumining dastlabki turida "Qizilqum" "Paxtakor" mehmoni bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia