Edvin van der Sar Andre Onananing yonini oldi

Omonjon To`xtamirzayev
31 yanv 2025
"Manchester Yunayted" sobiq darvozaboni Edvin van der Sar "qizil iblislar" kiperi Andre Onana haqida fikr bildirdi.

"Kim biladi, balki hozir buni gapirishga vaqtliroqdir. Andreni oldinda aqlbovar qilmas lahzalar kutmoqda. U tajriba to'plamoqda va yaxshi golkiper uchun zarur bo'lgan barcha hislatlarga ega.

Bir narsa aniqki, u salohiyatga ega futbolchi. Unga ishonch bildirish zarur, shunda u yanada kuchliroq bo'ladi. Muhimi, u ishga to'g'ri munosabatda bo'la oladi va barchasi yaxshi ketsa, Andre uzoq yillar "Manchester Yunayted" darvozasini qo'riqlashi mumkin", - dedi Edvin van der Sar.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: goal.com