YCHL. "Inter" sensacion tarzda Norvegiya klubiga yutqazib musobaqani tark etdi, "Nyukasl" va "Bayer" 1/8 finalda!

Aslanov Jasurbek
25 fev 2026
Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga yo'llanma beruvchi pley-off bosqichining navbatdagi javob uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Kunning asosiy sensaciyasi Milanda qayd etilgan bo'lsa, Angliya va Germaniya klublari o'z vazifalarini xotirjam uddalashdi.


"Inter" M - "Budyo-Glimt" 1:2 (Dastlabki o'yin – 1:3)

Gollar: Bastoni 76 - Xyouge 58, Even 72.

"Inter": Zommer, Akanji, Bastoni, Bissekk, Barella, Enrike, Zelinski, Dimarko, Frattezi, Espozito, Tyuram.

"Budyo-Glimt": Xaykin, Shyovold, Byortuft, Gundersen, Byorkan, Even, Berg, Brunstad, Blomberg, Xyog, Xyouge.

Milanliklar o'z uyida mo'jiza yarata olishmadi. Norvegiyaning "Budyo-Glimt" jamoasi safarda ham "Inter"ni mag'lub etib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo'l oldi.



"Nyukasl Yunayted" - "Karabax" 3:2 (Dastlabki o'yin – 6:1)

Gollar: Tonali 4, Joelinton 6, Botman 52 - Duran 51, Jafarquliev 57.

"Nyukasl": Ramsdeyl, Tripper, Botman, Joelinton, Tonali, Barns, Osula, D. Myorfi, Voltemade, Byorn, A. Myorfi.

"Karabax": Koxalski, Silva, Yankovich, Montel, Zubir, Duran, Bolt, Bikalo, Jafarquliev, Huseynov, Medina.

Dastlabki bahsdayoq masalani hal qilib qo'ygan inglizlar o'z muxlislari qarshisida Ozarbayjon klubi bilan sermahsul va tomoshabop o'yin o'tkazishdi. Yakunda yana "Nyukasl"ning qo'li baland keldi.



"Bayer" - "Olimpiakos" 0:0 (Dastlabki o'yin – 2:0)

"Bayer": Blasvix, Kuansa, Tapsoba, Andrix, Grimaldo, Garsiya, Vaskes, Palasios, Maza, Xofmann, Shik.

"Olimpiakos": Colakis, Rodiney, Recos, Pirola, Ortega, Muzakitis, Esse, Garsiya, Martinsh, Shikinyu, Taremi.

Nemislar dastlabki bahsdagi g'alabadan unumli foydalanib, o'z uylarida pragmatik o'yin namoyish etishdi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra 1/8 finalga chiqqan "farmacevtlar" endi "Arsenal" yoki "Bavariya" jamoalaridan biri bilan to'qnash kelishadi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia