

“Ayaks” bilan “Real”ni YCHLdan chiqarib yuborgan 22 yoshli David Neres Braziliya terma jamoasiga taklif etildi. U “Ayaks” bilan bahsda jarohatlangan “Real” hujumchisi Vinicius Junior o'rniga chaqirildi.
Ma'lumot uchun, Braziliya terma jamoasi FIFA kunlari doirasida mart oyida Panama va Chexiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.



