

Yosh futbolchi Madrid klubi haqida bir nechta provokacion fikrlarni bildirgandi.
"Hatto bu menga yoqdi. Oxir-oqibat, bu o'yinga harorat qo'shdi: biz astoydil raqobatga kirishdik. Men kichkinaligimda - "Real" va "Barselona" o'rtasidagi o'yinlarni televizor orqali tomosha qilgan paytimda shunga o'xshash voqealar bo'lganini eslayman. Menimcha, bu chinakam yomon niyatsiz, shunchaki so'zlar edi. Agar Lamin biror narsa demoqchi bo'lsa, bunda muammo yo'q. O'yin maydonda o'tkaziladi va biz u yerda g'alaba qozondik", – dedi Chuameni.




