Chicharito: "Agar "Manchester Yunayted"ga kerak bo'lsam, tekinga o'ynashga ham roziman"

Omonjon To`xtamirzayev
10 avg 2022, 21:36
Xaver Ernandes "Manchester Yunayted" safida maosh olmay o'ynashga ham tayyorligini bildirdi.

"Agar "Yunayted" vakillari kelib, menga qaytishni taklif qilishsa: "Ha, men "Manchester" safida tekinga bo'lsa ham o'ynashga roziman", derdim. Albatta, xazillashmayapman, men chindan shunday qilardim.

Biroq men hozirgi klubimni ham hurmat qilaman. Men stabil o'yin ko'rsatyapman va maqsadim – "Los-Anjeles Gelaksi" bilan chempionatda g'olib chiqish.

Kelajakda har narsa bo'lishi mumkin, lekin hozir bor e'tiborim "Los-Anjeles"da, – deydi hujumchi.

Chicharito 2010 - 2015 yillar oralig'ida "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal