"Chelsi" MLSdan himoyachi sotib oladi

Omonjon To`xtamirzayev
9 iyul 2024
"Atlanta Yunayted" klubi himoyachisi Kaleb Uili "Chelsi"ga o'tishga yaqin turibdi.

Klublar transfer bo'yicha kelishuvga erishgan, "aristokratlar" futbolchi uchun 8,5 mln funt sterling to'laydi.

Kalebning o'zi londonliklar bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.

Eslatib o'tamiz, hali 20 yoshga kirmagan Kaleb AQSH U-23 termasi a'zosi hisoblanadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: nytimes.com