“Chelsi” MLSdan darvozabon xarid qilmoqda

Alisher
22 avg 2023
“Chelsi” "Nyu-Inglend Revolyushn" darvozaboni Jorje Petrovich bilan shartnoma imzolamoqda.

Bu haqida Fabricio Romano ma'lum qildi. Inglizlar 23 yoshli darvozabon uchun MLS vakiliga 16 million evro to'laydi.

 Futbolchi ertaga tibbiy ko'rikdan o'tadi va keyin shartnoma imzolaydi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali uni 3,5 mln evroga baholamoqda.

Petrovich joriy mavsum barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 29 ta gol o'tkazib yuborgan, 8 ta o'yinda esa darvozani "quruq" saqlagan.


AlisherMuallif
Manba: championat.com