"Chelsi" Lukaku borasida APL klubi bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
1 avg 2024
"Aston Villa" Romelu Lukaku uchun kurashga qo'shildi.

"Il Mattino" xabariga ko'ra, "Chelsi" Birmingem klubi bilan transfer borasida kelishuvga erishgan va Lukaku tezroq shaxsiy shartnoma borasida klub bilan muzokaralarni boshlashga undamoqda.

Biroq belgiyalik futbolchi "Aston Villa"ga o'tishni istamayapti. U Antonio Kontega "Napoli"ga o'tishga vada berib qo'yganligini davo qilmoqda.

O'z navbatida "Chelsi" ishlarni paysalga solib yuborayotgan "Napoli"dan ko'ra, tezroq ishlayotgan "Aston Villa" bilan ishlashni istayapti. "Napoli" esa Lukakuni Osimxenga almashmoqchi emas.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Il Mattino