

Ma'lum bo'lishicha, "Nicca" PSVga o'tib ketgan Valter Benitesning o'rniga Kepani o'z safiga qo'shib olishi mumkin.
"Chelsi" 2018 yilda Kepani 80 million evro evaziga "Atletik Bilbao"dan sotib olgandi. Darvozabonning Angliyadagi ishlari u qadar yorqin kechdi deya olmaymiz.
U ortda qolgan mavsumda "Chelsi" safida 15 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 10 ta gol olib chiqdi.



