"Chelsi" himoyachisi jamoani tark etishini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
5 may 2019
"Chelsi" himoyachisi Gari Kexill ushbu mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etishini ma'lum qildi.

"Odamlar faoliyatimni yakunlashim kerakligini aytishmoqda. Amoo o'zimga ishonaman va yana 3-4 mavsum davomida o'ynayman. "Chelsi"ni tark etsam ham klubdagilarni, muxlislarni unutmayman. "Chelsi"ni boshim tik holda tark etaman", - dedi Kexill.

33 yoshli Kexill 2012 yildan buyon "Chelsi" tarkibida 289 o'yinda qatnashdi va 25 gol urib, 7 bora assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Telegraph