"Chelsi" chaqirib olgan Gallaxer yana Madridga uchyapti. Transfer amalga oshadimi?

Aslanov Jasurbek
19 avg 2024, 22:30
Tez orada Konor Gallaxer bo'yicha rasmiy yangiliklar bo'lishi kutilmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Chelsi" yarim himoyachiga yaqin kunlarda Ispaniya poytaxtiga uchishga ruxsat bergan.

"Ko'klar" va "Atletiko" o'rtasidagi transfer to'liq hal bo'lgan. Londonliklar o'z tarbiyalanuvchisi uchun 42 mln. evro olishadi.

Eslatib o'tamiz, Gallaxer transferni kutib 5 kun Madridda yashadi, ammo keyin uni "Chelsi" Londonga chaqirib olgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano