"Chelsi" Angliya terma jamoasi a'zosini kuzatmoqda

Sherzod Nurmatov
16 may 2025
Adam Uorton "Chelsi"ning e'tiborini tortdi, London klubi "Kristal Pelas"ning 21 yoshli futbolchisini kuzatib bormoqda.

Yarim himoyachi 2024 yilning fevralida 18 mln funt evaziga "Blekbern Rovers"dan "Kristal Pelas"ga o'tgandi. 


21 yoshli Uorton "burgutlar" tarkibidagi eng ko'zga ko'ringan yosh futbolchilardan biriga aylandi. U 42 o'yinda 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi va boshlang'ich tarkibning doimiy a'zosi hisoblanadi. 

Yosh yarim himoyachi 2024 yil 3 iyunda Bosniya va Gertsegovina bilan bahsda Angliya terma jamoasida debyut qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk