"Chelsi" 56 millionlik futbolchisidan butunlay voz kechdi

Mirjalol Normatov
25 sen 2025, 20:18
Rahim Sterlingning "Chelsi"dagi faoliyati deyarli yakunlangan ko'rinadi.

Bugun "Chelsi" futbolchilari jamoaviy rasm tushishgan va unda Rahim Sterling ko'rinish bermagan.

Undan tashqari futbolchi "Chelsi"ning APL va YCHL o'yinlari uchun qaydnomadan o'tkazilmadi.

30 yoshli futbolchi uchun "Chelsi" 3 mavsum oldin 56 million funt to'lagandi. Uning haftalik maoshi 325 ming funtni tashkil qiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://t.me/truexassport