“Bunyodkor” Isfahonda mashg'ulot o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
10 apr 2017
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi ayni damda Eronning Isfahon shahrida bo'lib turibdi.

Xabiringiz bor, “qaldirg'ochlar” 11 aprel, seshanba kuni Osiyo Chempionlar ligasi, guruh bosqichi, 4-turi doirasida “Zob-Ahan” klubi mehmoni bo'ladi.

Kecha Isfahon shahriga yetib kelgan “Bunyodkor” vakillari bugun o'zlarining birinchi mashg'ulotini o'tkazdilar. “Zob-Ahan” klubi qarorgohidagi maydonlardan birida olib borilgan mashg'ulotda “Bunyodkor” bilan Eronga olib kelingan barcha futbolchilar ishtirok etishdi. Sergey Lushchan o'z shogirdlari bilan bir soatdan oshiqroq vaqt davomida shug'ullandi.

Qayd etish kerakki, “Bunyodkor” Eronga bir qator yo'qotishlar bilan kelgan. Hujumchi Vadim Chemirtan diskvalifikaciya tufayli bahsni o'tkazib yuborsa, Jovlon Ibrohimov va Alisher Sanoev jarohatlari sababli Toshkentda qolishgan.

Eslatib o'tamiz, “Zob-Ahan” – “Bunyodkor” uchrashuvi 11 aprel kuni Isfahondagi “Fuladshahr” stadionida mahalliy vaqt bilan 20:00da (Toshkentda 20:30 bo'ladi) boshlanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com