

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi ushbu tur doirasida Eronning "Zob-Ahan" klubi mehmoni bo'ladi.
"Qaldirg'ochlar" delegaciyasi 8 aprel kuni tunda Isfahon shahriga yetib keldilar va "Kowsar" mehmonxonasiga joylashdilar.
Bugun (9 aprel) kechki yaqin "Bunyodkor" Isfahondagi birinchi mashg'ulotini o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, "Zob-Ahan" - "Bunyodkor" uchrashuvi 11 aprel kuni Isfahondagi "Fuladshahr" stadionida mahalliy vaqt bilan 20:00da (Toshkentda 20:30 bo'ladi) boshlanadi.



