

Xabaringiz bor, 5 aprel kuni “qaldirg'ochlar” Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasida Isfahonning “Zob-Ahan” klubi mehmoni bo'ladi.
“Bunyodkor” FK delegaciyasi Isfahon shahriga mahalliy vaqt bilan 22:15da yetib borishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, “Zob-Ahan” – “Bunyodkor” uchrashuvi 5 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi.



