Bundesliga 2024/25 yilgi mavsumi ramziy jamoasi e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
20 may 2025
WhoScored statistik portali futbolchilarning o'rtacha reytinglari asosida Bundesliga 2024/25 yilgi mavsumining ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

Jamoa tarkibiga Myunxenning "Bavariya" klubidan besh nafar chempion kiritilgan. "Leyptsig" futbolchilari evrokuboklarga yo'l ola bilmagan bo'lsa-da, o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsatdi. Jamoada ulardan 3 nafar o'yinchi bor. Vice-chempion "Bayer"dan faqat Florian Virc ajralib turdi. Qolgan ikkita joyni "Union" Berlin va "Borussiya" Myonxengladbax futbolchilari egalladi.

E'tiborlisi, bu ro'yxatga "Bavariya" va "Bayer"dan tashqari evrokuboklarga chiqqan klublar o'yinchilari kira olmadi.

Bundesliga-2024/25 ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Gulachi ("Leyptsig").

Himoyachilar: Leyte ("Union"), Orban ("Leyptsig"), Upamekano ("Bavariya").

Yarim himoyachilar: Simons ("Leyptsig"), Musiala ("Bavariya"), Kimmix ("Bavariya"), Virc ("Bayer"), Olise ("Bavariya").

Hujumchilar: Klyayndinst ("Borussiya" Myonxengladbax), Keyn ("Bavariya").


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: WhoScored