Buffonning to'yida Kellini, Bonuchchi va Barcali ajoyib bir narsaga qo'l urishdi

Omonjon To`xtamirzayev
1 okt 2024, 14:11
"Yuventus" sobiq futbolchilari Jorjio Kellini, Leonardo Bonuchchi va Andrea Barcali Janluijji Buffonning to'yida mehmon bo'lishdi.

Deyarli butun marosim davomida sobiq himoyachilar birgalikda, Turin klubi va Italiya terma jamoasidagi sxema bo'yicha harakatlanishgan – o'ngroqda Barcali, markazda Bonuchchi bo'lsa, chaproqda - Kellini. Sobiq futbolchilar do'stlariga shu tarzda Jijjiga o'zgacha sovg'a tayyorlashgani aytilmoqda.  

Eslatib o'tamiz, ushbu uchlik Buffon bilan "Yuventus"da ham Italiya termasida ham birgalikda o'ynashgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Ювентус" телеграм-канали