Berbatov "Manchester Yunayted"ga kerak hujumchini aytdi

Mirjalol Normatov
21 mar 2023
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Dimitar Berbatov mankunianliklarning hujum chizig'ini kuchaytiradigan hujumchi haqida gapirdi.

"Viktor Osimxen. Ayni damda u jangovor holatda. Hali juda yosh, havodagi to'p uchun yaxshi kurashadi, katta tezlikka ega, asosiysi - "Napoli"da ko'plab gollar urmoqda.

Agarda klub yozda hujumchi izlamoqchi bo'lsa, Osimxenni asosiy maqsad qilib olish kerak", - dedi Berbatov.

Ushbu mavsumda hujumchi 29 o'yinda 25 gol va 5 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal