Bellingem faoliyatini Germaniyaning TOP jamoalaridan birida davom ettirishi mumkin

Khoja
21 may 2025
“Sanderlend“ yarim himoyachisi Job Bellingem faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.

“Borussiya D“ futbolchiga jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda va uni yozda bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi JCHga qadar sotib olmoqchi. Transfer taxminan 25-30 million evroga baholanmoqda.

Jobga shuningdek, “Ayntraxt“ va “RB Leyptsig“dan qiziqish bor. 19 yoshli futbolchi joriy mavsum 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com