Belarus, Ozarbayjon va Toshkent klublari "Sho'rtan" futbolchisiga davogar

Sherzod Nurmatov
7 noya 2025, 13:50
Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

"Sho'rtan" hujumchisi Po'latxo'ja Xoldorxonovga "Lokomotiv" va "Bunyodkor" qiziqmoqda. 

Unga Belarus va Ozarbayjondan ham qiziqish bor", – deyiladi xabarda.


22 yoshli hujumchi g'uzorliklar safida 13 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi. Transfermarkt portali uni 200 ming evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia