

Avvalroq Lineker ijtimoiy tarmoqlarda Isroilning G'azo sektoridagi harakatlarini tanqid qilgan hamda Falastin tarafdori bo'lgan keskin poziciyani efirga uzatgan videoni tarqatgandi. Keyinroq u postni o'chirib tashladi va bu uning fikrlarini aks ettirmasligini aytib, uzr so'radi.
Qayd etilishicha, telekanal rahbariyati Linekerning poziciyasini nomaqbul deb hisoblagan.
Manbaga ko'ra, Linekerning iste'fosi haqida tez orada e'lon qilinadi va uning efirda so'nggi marta ko'rinishi 25 may kuni, Angliya chempionati yakunlanganida bo'ladi.



