"Bavariya" ikki posboni bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
28 noya 2023, 20:31
"Bavariya" rahbariyati ikki darvozabon Manuel Noyer hamda Sven Ulrayx bilan shartnomalarni 2025 yil yozigacha uzaytirdi.

37 yoshli Noyer bilan kelishuv ushbu mavsum yakuniga qadar amal qilardi. O'z navbatida Ulrayx ham yozda erkin agentga aylanishi kerak edi, endi u ham 2025 yil yozigacha "Bavariya"da bo'ladi.

Jamoaning uchinchi posboni Daniel Perec  ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun ijaraga berib yuboriladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal