"Bavariya" Chupo-Moting bilan shartnomani uzaytirishi mumkin

Alisher
16 fev 2021, 07:02
"Bavariya" hujumchi Erik-Maksim Chupo Moting bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

Murabbiylar shtabi kamerunlik futbolchining jamoaga qo'shayotgan hissasiga optimistik ruhda qarashmoqda va u bilan shartnomani uzaytirishlari mumkin.

Tomonlar o'rtasidagi amaldagi bitim 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Chupo-Moting "Bavariya" safida barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Kicker