

Jurnalist Florian Plettenbergning ma'lumotiga ko'ra, Myunxen klubi "Milan" vingeri nomzodini diqqatlik bilan ko'rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, klub sport direktori Maks Eberl futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan yaxshi munosabatda va tomonlar 25 yoshli portugaliyalikning ehtimoliy transferi ustida suhbatlar olib borishgan.
Agarda "Bavariya" ushbu futbolchining transfer ishini muvaffaqiyatsiz yakunlasa, "Brayton" futbolchisi Kaoru Mitomani nishonga oladi.
Leau ushbu mavsum A Seriyaning 34 o'yinida qatnashib, 8tadan gol va assist qayd etgan bo'lsa, Mitoma APLning 35 o'yinida 10ta gol va 3 assistni hisobiga yozdirib qo'ygan.



