Bartomeu: “Barsa”ning yangi prezidenti o'zgarish kiritishi mumkin”

Eldor Akmurzayev
14 yanv 2020
“Barselona” rahbari Josep Mariya Bartomeu jamoaning yangi murabbiyi Kike Setenning tanishtiruv marosimida mutaxassisning shartnoma muddati yaqinlashayotgan prezidentlik sayloviga bog'liqligi haqida aytdi.

“Kike Seten bilan kelishuv 2022 yilga qadar tuzilgan ammo 2021 yil klub prezidentligi uchun saylov o'tkaziladi va shartnoma bandlariga ko'ra yangi rahbar o'zgarish kiritishi mumkin”, – deydi Bartomeu.

Eslatib o'tamiz, 56 yoshli tadbirkor 2003-2005 yillarda “Barselona”ning direktorlar kengashi raisi, 2010-2014 yillari esa klub vice-prezidenti lavozimida ishladi. 2014 yildan hozirgi vaqtga qadar Bartomeu “ko'k-anorranglilar” rahbari sifatida faoliyat ko'rsatmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo