

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Jarohat tafsilotlari:
28 yoshli hujumchi La Liganing 23-turidan o'rin olgan "Malorka" (3:0) bilan o'yinda chap tizzasidan zarba egan.
O'sha bahsda angliyalik yulduz 67-daqiqada zaxiraga olingan edi.
Tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra, Reshford 12 fevral, payshanba oqshomida bo'lib o'tadigan "Atletiko" bilan bahsni o'tkazib yuborishi aniq bo'ldi.
Reshfordning joriy mavsumdagi ko'rsatkichlari: Markus joriy mavsumda "ko'k-anorranglilar" hujum chizig'ida muhim figuraga aylanib ulgurgan:
- La Liga: 21 o'yin, 4 ta gol va 7 ta golli uzatma.
- Ispaniya Kubogi: 3 o'yin, 1 ta gol va 1 ta assist.
- YCHL: 8 o'yin, 5 ta gol va 3 ta golli uzatma.
Endi Xansi Flik Madriddagi muhim to'qnashuvda Reshfordning o'rnini kim bilan to'ldirishi katta qiziqish uyg'otmoqda.



