

33 yoshli futbolchi jami to'rtta o'yin o'tkazib, Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubidan ketdi.
Tomonlar o'zaro kelishuvga ko'ra, shartnomani bekor qilishga qaror qilishdi. Hamkorlik to'xtashining sabablari hali ma'lum bo'lmadi.
Paulino Braziliya, Ispaniya va Xitoy chempionatlari g'olibi hisoblanadi. U shuningdek Libertadores Kubogi va klublar o'rtasidagi JCHda zafar quchgan.



