"Barselona" "Real" bilan "Bavariya" o'yinchisi uchun raqobatlashadi

Sherzod Nurmatov
19 fev 2024, 19:40
"Barselona" "Bavariya" himoyachisi Alfonso Devisga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "Jijantes FC".

Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar sport direktori Deku Barselonada futbolchining agenti bilan uchrashgan. U avvalroq Madridda "Real" vakillari bilan muloqot qilgandi.



23 yoshli kanadalikning "Bavariya" bilan kelishuvi kelasi yozda yakuniga etadi. Transfermarkt portali uning narxini 70 million evroga baholamoqda.

Devis joriy mavsum 27 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Jijantes FC