"Barselona" prezidenti lavozimiga nomzodlar ma'lum

Sherzod Nurmatov
6 mar 2026
15 mart kuni "Barselona" prezidenti saylovi bo'lib o'tadi.

Saylov kampaniyasi qizg'in davom etmoqda va u nomzodlarni ro'yxatdan o'tkazish bosqichiga etdi - bu uchun ularga imzolar to'plash talab qilingan. Bu vazifani muvaffaqiyatli bajarganlar esa faqat ikki kishi bo'ldi.

"Cadena Cope" muxbiri Viktor Navarroning ma'lum qilishicha, imzo to'plash jarayonidan uch nomzod o'tgan: Mark Kiriya, Viktor Font va Joan Laporta. Biroq Kiriya etarlicha imzo jamlay olmagan (2247 ta haqiqiy, 598 ta haqiqiy emas).

Shu tariqa, kurashda Font (4440 ta haqiqiy, 704 ta haqiqiy emas) va klubning amaldagi prezidenti (7226 ta haqiqiy, 944 ta haqiqiy emas) qoldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Cadena Cope