"Barselona" Neto ketsa, "Granada" posbonini 12,5 mln evroga xarid qilishi mumkin

Alisher
13 iyun 2022, 13:28
Darvozabon Luish Mashimianu "Granada"dan kyetishi va "Barselona"ga o'tishi mumkin.

23 yoshli portugaliyalik "ko'k-anorranglilar" safidan kyetishi mumkin bo'lgan Netoning o'rnini egallashi mumkin.

"Granada" oliy ligadan tushib ketgani sabab Mashimianuning tovon puli 25 million evrodan 12,5 mln evroga tushdi. Ammo, endilikda unga "Napoli" va "Almeriya" davogarlik qilmoqda.

Darvozabon yakunlangan mavsum La Liga doirasida hammadan ko'p seyv qayd etdi – hammadan ko'p.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo