"Barselona" Gamper Kubogida yirik mag'lubiyatga uchradi

Aslanov Jasurbek
13 avg 2024, 01:15
Har yili "Barselona" asoschisi Joan Gamper sharafiga o'tkazilib kelinadigan turnir bu yil Kataloniya klubining mag'lubiyati bilan yakunlandi.

1966 yildan beri o'tkazilinadigan turnir 1997 yildan boshlab 4ta emas 2ta jamoa bilan g'olibni aniqlashga qaror qilishgan.


"Barselona" so'nggi bor bu turnirda 2012 yil "Sampdoriya"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan edi. Oradan 12 yil o'tib, Kataloniya klubi yana o'z uyida Gamper sovrinisiz qoldi.


Joan Gamper Kubogi

Barselona, Ispaniya

Barselona – Monako – 0:3 (0:0)


Gol: 0:1 – Kamara (50), 0:2 – Embolo (57), 0:3 – Elebi (86).


Barselona: ter Stegen (Penya, 77), Balde, Inigo Martines, Kristensen (Dominges, 47), Kunde (Fort, 68), Bernal (Fernandes, 88), Kasado, Pablo Torre (Gyundogan, 46), Pau Viktor, Rafinya (Kasanova, 88), Levandovski (Yamal, 68).

Monako: Ken, Vanderson (Elebi, 81), Salisu, Yakobs, Kerer, Zakariya, Kamara (Diop, 81), Minamino (Buabre, 81), Ben-Segir (Kayo Enrike, 77), Embolo (Ilenikena, 76), Balogun.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia