"Barselona" Braziliya terma jamoasi xavbekini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
10 mar 2025, 18:56
"Nyukasl" yarim himoyachisi Bruno Gimaraes Ispaniya chempionatiga o'tishi mumkinligi xabar qilinmoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, Kataloniyaning "Barselona" jamoasi 27 yoshli futbolchini safiga qo'shib olishni istayapti. "Ko'k-anorranglilar" braziliyalik futbolchi jamoani tark etish ehtimoli bo'lgan niderlandiyalik Frenki de Yongning o'rnini bosadi deb hisoblamoqda. Gimaraesning transfer narxi 80 mln evroga baholanmoqda.

Xavbek Angliya Premer-ligasi ushbu mavsumida 27 o'yinda qatnashib, 2 ta to'p kiritdi hamda 6 ta golli uzatma berdi. Braziliyalik futbolchining bitimi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Todofichajes