

Klub sport direktori Deku Milanga tashrif buyurgan va 26 yoshli futbolchining transferi bo'yicha muhokamalar o'tkazgan.
"ESPN" ma'lumotiga ko'ra, Bastoni "Barselona"da Ronald Arauxoning o'rnida o'ynashi kutilmoqda. "Barselona" yanvar oyi oxiriga qadar ham Arauxoni qaytarmoqchi emas.
Bastoni ushbu mavsumda barcha turnirlarda 19 o'yinda qatnashib, 1 gol va 4 assist qayd etdi. Uning klub bilan amaldagi kelishuvi 2028 yil yoziga qadar davom etadi.
Uning transfer summasi 80 million evroga baholangan.



