Azar imidjini o'zgartirdi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eden Azar endi yangicha soch turmagida namoyon bo'ladi.

Belgiyalik vingerning yangi surati Azar mijozi hisoblanadigan "Astabarbers" saloni xo'jayini tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.

Eslatib o'tamiz, Azar o'tgan yilning yozida "Real" safiga qo'shilgandi. Shundan beri madridliklar safida 15 o'yinda maydonga tushgan futbolchi 1ta golga mualliflik qildi.


Manba: Sky Sports