"Atletiko" "Vilyarreal" bilan Vetto borasida kelishib oldi
Aslanov Jasurbek
15 iyun 2015
"Atletiko" rahbariyati "Vilyarreal" bilan Lusian Vettoning transferi borasida kelishuvga erishdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Atletiko" argentinalik futbolchi uchun 20 mln. evro to'laydi va "Vilyarreal"ga ijara asosida Leo Baptistauni beradi. Vetto poytaxt klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.