"Atletiko" safidagi JCH g'olibi Kataloniyaga yo'l olishi mumkin

Alisher Ostonov
26 iyul 2025, 12:38
"Jirona" klubi "Atletiko" yarim himoyachisi Toma Lemarni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Kataloniya klubi 2018 yilgi jahon chempionini ijaraga olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Shuningdek, 29 yoshli francuzga "Rayo Valekano", "Osasuna" va "Selta" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 5 million evroga baholamoqda.

Lemar 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 8 ta o'yinda maydonga tushdi. U mushak jarohati tufayli mavsumning bir qismini o'tkazib yubordi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: L'Equipe