"Atalanta" Maldiniga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
10 iyun 2024
"La dea" Daniel Maldini uchun kurashga kirdi.

Bergamoning "Atalanta" klubi "Milan" hujumchisi Daniel Maldiniga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi Nikolo Skira.

Xabar qilinishicha, "la dea" "rossoneri"dan 22 yoshli Maldinining transferi bo'yicha ma'lumot so'ragan. Ammo ular ijaraga olingan hujumchini sotib olish uchun harakat qilayotgan "Monca" bilan raqobatlashishlari kerak.

Daniel Maldini joriy mavsum "Monca" tarkibida 18 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira