"Atalanta" himoyachisiga Yevropa gigantlaridan qiziqish bor

18 fev 2023, 15:10
Italyan klubi futbolchisi Merix Demiral Yevropaning bir nechta klublarini qiziqtirib qo'ygan.

Turkiyalik futbolchining xizmatlaridan foydalanish istagida bo'lgan klublar qatorida Angliyaning "Tottenxem" va Italiyaning "Inter" jamoalarini ko'rish mumkin. 

24 yoshli futbolchi qishki transferlar oynasida bir nechta klublar uchun ehtimoliy variant sifatida ko'rib chiqilgandi. Milan klubi Turkiya terma jamoasi a'zosini yozda "Juzeppe Meacca"ni erkin agent sifatida tark etadigan Milan Shkrinyar o'rniga o'rinbosar deb qaramoqda.

"Atalanta" markaziy himoyachisi joriy mavsum A Seriyaning 18 ta o'yinida maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.


Manba: Calciomercato