"Aston Villa" Tilemansning transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
11 iyun 2023
"Aston Villa" matbuot xizmati Yuri Tilemansning transferini rasman e'lon qildi.

Belgiyalik futbolchi "Lester" bilan shartnomasi tugagandan keyin, yani, 1iyul kunidan yangi jamoasiga ko'chib o'tadi. U 2019 yildan buyon "tulkilar" tarkibida o'ynab kelayotgandi.

O'tgan mavsumda 26 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 37 o'yinda qatnashib, 4 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/AVFCOfficial