Asadbek Rahimjonov "Bunyodkor"ga qaytdi

Aslanov Jasurbek
11 yanv 2025
"Bunyodkor" tarbiyalanuvchisi Asadbek Rahimjonov "qaldirg'ochlar" safiga qaytdi.

Futboldagi ilk qadamlarini "Bunyodkor" akademiyasida qo'ygan yarim himoyachi Toshkent klubiga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, futbolchining OKMK bilan 2026 yil oxirigacha shartnomasi bor edi. "Qaldirg'ochlar" Rahimjonov uchun yaxshigina tovon puli to'lagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia